ProSeller

14 kun bepul sinab ko'ring

Telegram'da savdoni boshlang. Butun biznesingizni bir joydan boshqaring.

Mahsulotlar, buyurtmalar, ombor va savdo statistikasi — barchasi bitta boshqaruv panelida. Mijozlaringiz esa Telegram ichida xarid qiladi.

Sinov uchun bank kartasi talab qilinmaydi.

ProSeller boshqaruv paneli: demo do'kon buyurtmalari ro'yxati
Demo do'kon vitrinasi telefonda: kategoriyalar va mahsulotlar
Demo do'kon: haqiqiy ekranlar, namunaviy ma'lumotlar

Do'koningizni bir joydan boshqaring

Onlayn savdoni boshqarish ortiqcha vaqt olmasin

Buyurtma Direct'da, qoldiq daftarda, mijoz esa xotirada qolsa, hammasini kuzatish qiyin. ProSeller bularni bir joyga yig'adi.

  • Buyurtmalarni tartibga soling

    Har bir buyurtma bitta ro'yxatda: holati, to'lovi va mijozi bilan. Yangisi haqida Telegram'da xabar olasiz.

  • Mahsulotlaringizni nazorat qiling

    Katalog, variantlar va qoldiq bir joyda. Buyurtma tushganda mahsulot avtomatik band qilinadi.

  • Savdolaringizni yaxshiroq tushuning

    Daromad, o'rtacha chek, eng ko'p sotilgan mahsulotlar va savatlar bo'yicha hisobotlar.

ProSeller qanday ishlashini o'z ko'zingiz bilan ko'ring

Mijoz va do'kon egasi ko'radigan haqiqiy ekranlar — demo do'kondan.

  • Telegram ichida ochiladi — ilova o'rnatish shart emas
  • Katalog, qidiruv, savat va buyurtma bir necha bosishda
  • Instagram'dan kelgan mijoz brauzerda ham buyurtma bera oladi
Demo do'kon bosh sahifasi telefonda
Demo do'kondagi mahsulot sahifasi: rasm, narx, sharhlar
Demo do'kondagi savat: ikki mahsulot va jami summa
Demo do'kon: haqiqiy ekranlar, namunaviy ma'lumotlar

Savdo uchun kerakli vositalar — bir joyda

Do'koningizning kundalik ishlarini tartibga soladigan imkoniyatlar.

  • Telegram do'kon

    Mijozlar botingiz ichida mahsulotlarni ko'radi va buyurtma beradi.

  • Instagram'dan ham buyurtma

    Bio'dagi havola orqali kelgan mijoz Telegram'siz, brauzerda buyurtma beradi.

  • Buyurtmalar boshqaruvi

    Holatlarni kuzating, yangi buyurtma haqida Telegram'da xabar oling.

  • Mahsulotlar va ombor

    Katalog, variantlar va qoldiq; Excel'dan rasmlari bilan ommaviy yuklash.

  • To'lov usullari

    Payme va Click (o'z kassangiz), naqd va karta o'tkazmasi — chek bilan.

  • Yetkazish va filiallar

    Yetkazish usullari va narxlari, do'kondan olib ketish manzillari.

  • Promo kodlar va sodiqlik

    Chegirma kodlari, bonus ballar, konkurslar va oldindan buyurtma.

  • Marketing vositalari

    Mijozlarga xabar yuboring, kanalingizga «Katalogni ochish» tugmali post joylang.

  • Mijozlar bilan chat

    Savollarga admin paneldan javob bering; yangi xabar haqida Telegram'da bilasiz.

  • Savdo analitikasi

    Daromad, mahsulotlar, mijozlar va konversiya bo'yicha hisobotlar.

  • Jamoa va ruxsatlar

    Har bir xodimga faqat kerakli bo'limlarni oching.

  • O'zbek va rus tilida

    Do'kon, bot xabarlari va admin panel — ikki tilda.

ProSeller kimlar uchun?

Telegram va Instagram orqali sotadigan yoki onlayn savdosini tartibga solmoqchi bo'lgan bizneslar uchun.

Kiyim, kosmetika yoki bolalar mahsulotlari sotasizmi? Ro'yxatdan o'tishda tanlang — do'kon tayyor kategoriyalar va o'lcham, rang kabi opsiyalar bilan ochiladi.

Uch qadamda do'koningizni ishga tushiring

  1. 1

    Ro'yxatdan o'ting

    Nima sotishingizni tanlang, do'kon nomi va manzilini kiriting, raqamingizni Telegram orqali tasdiqlang — do'kon darhol ochiladi.

  2. 2

    Telegram botingizni ulang

    @BotFather'da bot yarating va tokenini admin panelga qo'ying. Qo'llanmada har bir qadam rasmlari bilan ko'rsatilgan.

    Qo'llanmani ko'rish
  3. 3

    Mahsulotlaringizni qo'shing

    Bittalab yoki Excel orqali rasmlari bilan yuklang, to'lov va yetkazishni sozlang — do'kon tayyor.

Admin panelda «Do'koningizni ishga tushiring» ro'yxati qolgan qadamlarni ko'rsatib turadi.

Tariflar

14 kun bepul sinab ko'ring, keyin biznesingizga mos tarifni tanlang.

ProSeller bilan tanishing

Ro'yxatdan o'tishdan oldin do'kon qanday ishlashini o'zingiz ko'rib chiqing.

ProSeller'ni 14 kun bepul sinab ko'ring

Ro'yxatdan o'ting, imkoniyatlarni o'z do'koningizda sinab ko'ring va biznesingizga mos kelishini baholang.

Bepul sinab ko'rish

Sinovdan keyin o'zingizga mos tarifni tanlaysiz — narxlar yuqorida.

  • 14 kun — ro'yxatdan o'tgan kundan boshlab
  • Bank kartasi talab qilinmaydi
  • Sinov davrida barcha imkoniyatlar ochiq
  • Tugashidan 3 kun va 1 kun oldin Telegram'da eslatma olasiz
  • Muddat tugagach do'kon yopiladi, ma'lumotlaringiz saqlanadi — obunani uzaytirsangiz, hammasi joyida

Ko'p beriladigan savollar

ProSeller nima?

ProSeller — Telegram'da onlayn do'kon ochish va savdoni boshqarish platformasi. Mijozlar botingiz ichida (yoki Instagram'dagi havola orqali brauzerda) xarid qiladi, siz esa mahsulotlar, buyurtmalar, to'lovlar va mijozlarni bitta admin paneldan boshqarasiz.

Do'kon ochish uchun dasturlashni bilishim kerakmi?

Yo'q. Ro'yxatdan o'tish, botni ulash va mahsulot qo'shish admin panelda bajariladi; har bir qadam uchun rasmli qo'llanma bor.

Telegram botimni qanday ulayman?

@BotFather'da bot yaratasiz va uning tokenini admin panelga qo'yasiz — do'kon shu bot ichida ochiladi. Bot boshqa xizmatga ulangan bo'lsa, ProSeller uchun alohida bot ochgan ma'qul.

14 kunlik bepul sinov qanday ishlaydi?

Sinov ro'yxatdan o'tgan kuningizdan boshlanadi va 14 kun davom etadi. Bank kartasi kerak emas, barcha imkoniyatlar ochiq. Tugashidan 3 kun va 1 kun oldin Telegram'da eslatma olasiz.

Payme va Click orqali to'lov qabul qila olamanmi?

Ha. O'zingizning Payme yoki Click kassangiz kalitlarini admin panelga kiritasiz — to'lov to'g'ridan-to'g'ri hisobingizga tushadi. Naqd to'lov va karta o'tkazmasi (mijoz chek yuboradi) ham bor.

Sinov muddati tugagach nima bo'ladi?

Do'kon va admin panel yopiladi, ma'lumotlaringiz saqlanadi. Tarif tanlab obunani boshlasangiz, do'kon avvalgidek ishlashda davom etadi.

Instagram'dan kelgan mijozlar ham buyurtma bera oladimi?

Ha. Do'kon havolasini Instagram bio'siga qo'ysangiz, mijoz Telegram'siz, brauzerda telefon raqamini qoldirib buyurtma beradi. Xohlasangiz, bu imkoniyatni sozlamalarda o'chirib qo'yasiz.

Texnik yordam bormi?

Ha. Savolingizni Telegram'da ProSeller botiga yozasiz — ro'yxatdan o'tishdan oldin ham, keyin ham; jamoamiz shu yerda javob beradi. Ko'p savollarning javobi ProSeller Docs qo'llanmalarida bor.

Rus tilida ham ishlaydimi?

Ha. Do'kon, bot xabarlari va admin panel o'zbek va rus tilida ishlay oladi.

Tarifni qanday tanlayman va to'layman?

Sinov davrida hamma imkoniyatlar ochiq — qaysilari kerakligini ko'rasiz. Keyin Telegram'da ProSeller botiga yozasiz: tarif va muddatni tanlaysiz, jamoamiz to'lov usulini aytadi va obunani darhol yoqadi. 3, 6 yoki 12 oyga to'lasangiz, chegirma bor.

Keyin tarifni o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha. Tarifni istalgan vaqtda oshirish mumkin — yangi modullar darhol ochiladi. Kichikroq tarifga o'tsangiz, mavjud mahsulot va ma'lumotlaringiz o'chmaydi, faqat limitdan ortig'ini qo'shib bo'lmaydi.

Onlayn savdoni tartibli boshqarishni boshlang

Do'koningizni bugun oching va 14 kun bepul sinab ko'ring.